Ish jarayoni

Sakkiz qadam.
Bir natija.

Boshlang'ich vaqt
2–3 hafta
Doimiy ritm
Har kuni
Aloqa
24/7 chat
Hisobot
Har haftalik
Batafsil

Har bir mijoz uchun bir xil, aniq, tekshirilgan yo'nalish — brendni tushunishdan tortib reklama qutigacha. Bosqichlar oldindan belgilangan, muddatlar aniq, natijalar o'lchanadigan.

Brendni o'rganish
Brendni o'rganish
Brief · 3–5 kun

Brendni o'rganish.

Mijozdan uning brendi, mahsulotlari va xizmatlari haqida to'liq ma'lumot olamiz. Kim uchun ishlaymiz, qanday muammoni yechamiz — hammasini birga aniqlaymiz. Aynan bu bosqichda keyingi barcha qadamlar zaminiga o'tiriladi.

Har bir brief 8–12 sahifali hujjatga aylanadi: maqsad, auditoriya, kalit xabarlar, brand voice.

Raqobat tahlili
Raqobat tahlili
Research · 3 kun

Raqobat tahlili.

Bozordagi raqobatchilarning kontent uslublari, ovoz ohangi, formatlari va auditoriya bilan muloqot usullarini o'rganamiz. Ular nima qilmoqda — va nima qilmayapti.

Har bir raqobatchining oxirgi 90 kunlik faoliyati chuqur skanerdan o'tadi.

Bozor tahlili
Bozor tahlili
Strategy · 4 kun

Bozor tahlili.

Bozorni tahlil qilib, brend uchun aniq marketing yo'nalishini belgilaymiz. Qayerda gapiramiz, kim bilan gapiramiz, qanday til bilan. Bu yerda strategiya tug'iladi — undan keyin faqat bajarish qoladi.

Strategiya bir varaqli hujjat bo'lishi kerak. Aks holda — u strategiya emas.

Kontent strategiya
Kontent strategiya
Planning · 1 hafta

Kontent strategiya.

Tarif rejaga qarab kontent-plan tuzamiz. Postlar ketma-ketligi, ularning turlari va sanalarni oldindan aniqlab olamiz. Har bir post — umumiy hikoyaning bir bo'lagi. Tasodifiylik yo'q.

30, 60, 90 kunlik kontent taqvimi tayyor bo'lishi bilan mijoz ko'radi: bugun nima, ertaga nima.

Suratga olish
Suratga olish
Production · rejaga qarab

Suratga olish.

Suratga olish kunlarini oldindan belgilaymiz. Rejissyor bilan tayyorgarlik: sxenariy, lokatsiya, kadrlar ro'yxati, referenslar. Studioga kelgan har bir mijoz aniq bilishi kerak — nima uchun bugun bu yerda.

Kanon R5, Sony FX3, Aputure yorug'lik. Bir kunda o'rtacha 6–8 tayyor Reels tug'iladi.

Montaj va post-prodakshn
Montaj va post-prodakshn
Edit · 48 soat

Montaj va post-prodakshn.

Video va fotolarni professional montaj qilamiz. Rangda, tovushda, ritmda — hammasi brend tomonida. DaVinci Resolve, Premiere Pro, mixer — jamoada har bir yo'nalish o'z mutaxassisiga tegishli.

Har bir kadr uch marta ko'zdan o'tkaziladi: montajor, rejissyor, art-direktor.

Storis va jamoa
Storis va jamoa
Community · har kuni

Storis va jamoa.

Mutaxassis yo'nalishidan kelib chiqib har kunlik storislar yuritilishi. Jonli jamoa, tez javob, muntazam kontent oqimi. Storis — bu kunlik gazeta, uni to'xtatib bo'lmaydi.

Har kuni 10–15 storis. DM javoblari 30 daqiqa ichida.

Targeted reklama
Targeted reklama
Growth · har hafta

Targeted reklama.

Target sozlash — aniq va maqsadli auditoriyaga reklamani yetkazish. Doimiy optimizatsiya, A/B testlar, o'lchash. Reklama xarajati — hisob-kitobga tayanadi, tuyg'uga emas.

Har haftalik hisobot: qamrov, xarajat, konversiya, CPA.

Nihoyat

Oqim to'xtamaydi. Bizning zimmamizda.